Toyloq tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2023-yil “Fuqarolar tashabbusi” I va II mavsumi bo‘yicha

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarori hamda 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarorining nizom talablariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali orqali 2023-yil 1-mavsumda Toyloq tumani bo‘yicha jami 10 ta loyiha g‘olib bo‘lib, jami 7820,0 mln so‘m mablag‘lar loyihalar uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazilgan.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli binolarni tamirlash bo’yicha  3 ta loyiha jami qiymati 2170 ,0 mln so‘mlik loyiha :

-    “Charog’bon” MFYdagi Toyloq tuman markaziy poliklinikasini tamirlash bo‘yicha  600,0 mln so‘mlik ishlar yakuniy bosqichda

-    “Charog’bon” MFYdagi Toyloq tuman tibbiyott birlashmasi xududida suv tarmog’ini yaxshilash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha  810,0 mln so‘mlik ishlar bajarilmoqda.

-    “O‘rtaqishloq” MFYdagi Urtakishlok KPP binosini tom kismi, eshik deraza romlari almashtirish va fasad xamda ishki xonalar pol kismi devorlarini tamirlas bo‘yicha  760,0 mln so‘mlik ishlar to‘liq yakunlangan.

 

Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha 4 ta loyiha jami qiymati 3150 ,0 mln so‘mlik loyihalar:

-    “Istiqlol” Toyloq  tuman  "Istiqlol"  M.F.Y. dagi  "Istiqlol"  ko'chasida  600 metr,  "Allomalar"  ko'chasida  600 metr va "Sarbon"  ko'chasida  600 metr,  jami  1800 metr  ko'chani  asfalt  qilish 900,0 mln so‘mlik ishlar to‘liq yakunlangan.

-    “Do‘stlik” MFY Toyloq tumani Do‘stlik mahallasi A-377 yo‘ldan Tuyoqli qishlog‘iga kirish yo‘li va Tuyoqli qishlog‘ining asosiy ko‘chasidan maktab va bog‘chaga, shuningdek qabristongacha bo‘lgan jami 1.2 km (1200 metr) qismiga asfalt qoplamasi yotqizish uchun 650,0 mln so‘mlik ishlar to‘liq yakunlangan.

-    “Sochak” MFY Sochak mahallasidagi Qasida 2 boshi berk ko‘chasining 200 metr qismi, Qasida 1 boshi berk ko‘chasining 160 metr qismi, Muqanna ko‘chasining 350 metr qismi, Qahramonlar ko‘chasining 750 metr qismi va Movoraunahr ko‘chasining 350 metr qismi  mahalla hududidagi jami 1810 metr masofadagi yo‘lga asfalt qoplamalari yotqizish.uchun qiymati 850,0 mln so‘mlik ishlar ishlar to‘liq yakunlangan;

-    “Jalolobod” MFY Jalolobod MFY ichki kuchalarini asfaltlashtirish 1.5km uchun qiymati 750,0 mln so‘mlik ishlar ishlar to‘liq yakunlangan;

Umumta’lim maktablarini ta’mirlash bo‘yicha 2 ta loyiha jami qiymati
1 300 ,0 mln so‘mlik loyihalar:

-    Birlik mahallasidagi 23 umumtalim maktabiga Sport zali qurish ishlari pudratchi “BULOQBOSHI QURILISH INVEST”MCHJ tamonidan 1 200 mln so‘mlik qurilish ishlari davom etmoqda;

-    Ukrach mahallasidagi joylashgan 2-o‘rta umumta’lim maktabining 18 dona isitish tizimi va 2000 metr uzatish quvurlarini mukammal ta’mirlash ishlari pudratchi “NIZAMIDDIN QURUVCHI”XQ tamonidan 300 mln so‘mlik qurilish ishlari to‘liq yakunlangan;

Toyloq tuman hokimligiga qarashli Toyloq tumanida Yoshlar markazi barpo etish va jihozlash ishlari pudratchi “FAYZ-ICH MA’SULYATI JEKLANGAN JAMIYAT” tamonidan  1 000 mln so‘mlik qurilish ishlari davom etmoqda;

 

Joriy yilning 17-iyuldan 16-sentabrga qadar o‘tkazilgan 2-mavsum tashabbusli budjet jarayonlarida Toyloq  tumani bo‘yicha fuqarolar tomonidan jami 168 ta loyiha ilgari surilib, ularning 148 tasi ishchi komissiya tomonidan saralab olindi.

 

Jamg‘armada shakllangan 7 301 787 972 so‘m mablag‘lar doirasida ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra, 5 ta loyiha (38 347 ta ovoz to‘plagan holda) g‘olib deb topildi:

 

1.Yangi Hayot mfy Navqoz qishlog‘iga ichimlik suvi uchun bashni qurish  va 5 km tarmoq tortib aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash (8755 ta ovoz).

            2. Hozirgi kunda mavjud yo‘llarning yozda chang, qishda loy holatiga kelib qolishi aholi tomonidan haqli e’tirozlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlarni inobaga otgan holda Samarqand viloyati Toyloq tumani "Xonchorbog‘" MFY Xonchorbog‘ ko‘chasiga 1,5 kilometr asfalt yotqizish talab etiladi. Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida mahalla fuqarolarining harakatlanishi uchun qulay shart sharoitlar yaratiladi. (7613 ta ovoz).

            3. Talli ota MFYning Diyor ko‘chasi 610 metr, Muruvvat ko‘chasi 1225 metr, Navbaxor ko‘chasi 1325 metr tamir talab ko‘chalariga asfalt yotqizish. (7438 ta ovoz).

            4. Toyloq tumani Do‘stlik mahallasi ichki ko‘chalarini jami 4 km qismiga asfalt qoplamasi yotqizish.(7321 ta ovoz).

            5. Beklar MFY Tabassum ko‘chasining 300 metr, Farg‘ona ko‘chasining 700 metr, Sayilgox ko‘chasini 500 metr, xondamir ko‘chasini 600 metr va Sochaki poyon ko‘chalarining 500 mert umumiy 2600 metriga asfalt qoplamasini yotqizish. Axoli qatnov yo‘lakchalarini shakllantirish (7220 ta ovoz).

Demak joriy yilning 2-mavsum tashabbusli budjet jarayoni yakunlariga ko‘ra, tumandagi 1 ta mahallada axolini ichimlik suvi bilan taminlash hamda 4 ta mahallada ichki yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari amalga oshiriladi.

 

A.Sharipov 

Toyloq tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i.   

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди