Toyloq tumanida dafn etish joylari (qabristonlar)larni obodonlashtirish qay ahvolda

Toyloq tuman hududidagi dafn etish joylari (qabristonlar)larni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar  to‘g‘risida
MA’LUMOT

         Toyloq tuman hududidagi qabristonlar 79 ta bo‘lib, Toyloq tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi balansiga olingan. Qabristonlar egallab turgan umumiy yer maydoni 1 600 256 m.kv.dan iborat (ro‘yxat ilova qilinadi). Barcha qabristonlar 2014 yil mahalla fuqarolar yig‘ini homiyligida kadastr hujjatlari olingan va to‘lovlar amalga oshirilgan (jami: 16754138 so‘m) 
        Tumandagi mavjud qabristonlar to‘liq davlat byudjetidan moliyalashtiriladi. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi “Qabriston” bo‘limi uchun 126,5 ta shtat birligi mavjud  bo‘lib,  hozirgi  kunda 127 nafar xodim mehnat qilmoqda. 
       2023 yil mobaynida kabristonlarda 6 marta ommaviy xasharlar o‘tkazildi. 
  2022 yil xashar yo‘li bilan 4 ta qabristonda xujralar qurilib ishga tushirildi. 2022 yil byudjet mablag‘lari xisobidan 838 metr zamonaviy beton devor qurish bo‘yicha dastur tasdiqlangan bo‘lib 01.12.2022 yil xolatiga dastur tulik bajarildi. 
  2023 yil byudjet mablag‘lari xisobidan 1240 metr zamonaviy beton devor qurish bo‘yicha dastur tasdiqlangan bo‘lib,                     01.10.2023 yil xolatiga 950 metr ishlar bajarildi. Baxshtepa MFY Ashqultepa q.q qabristoni-150 metr, Sariosiyo MFY Qo‘tirbuloq q.q qabristoni-150 metr, O‘rtaqishloq MFY O‘rtaqishloq q.q qabristoni-314 metr, Muborak MFY Yangi q.q qabristoni-112 metr, Eskijuma MFY Dulta q.q qabristoni-100 metr, Baxshtepa MFY Xo‘jaro‘shnoyi q.q qabristoni-112 va Uzunqishloq MFY Uzunqishloq q.q qabristoni-12 metr. Dasturning kolgan kismi yilning yakuniga kadar tulik bajariladi. 
Hozirgi kunda atrofi devor bilan o‘ralmagan 39 ta qabristonda 24210 metr temir panjara xolidagi qabristonlar mavjud bo‘lib, 12105 komplekt tayyor betonli zabor ishlab chiqish va o‘rnatish talab etiladi. Buning uchun 2421750.0  ming so‘m mablag‘ talab etiladi. 2023 yil qabristonlarda xashar yo‘li bilan 650 metr; O‘rtaqishloq MFY O‘rtaqishloq q.q qabristonida 180 metr, Baxshtepa MFY Ashqultepa q.q qabristonida-120 metr, Uzunqishloq MFY Uzunqishloq q.q qabristonida 95 metr, Baxshtepa MFY Xo‘jaro‘shnoyi q.q qabristonida 130 metr va Muborak MFY Yangi q.q qabristonida 75 metr piyodalar yo‘laklari va kirish qismi xovlilarida betonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 
   Qabristonlarda xar yil dezenfeksiya va deratizatsiya ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

 

Toyloq tuman hokimligi Axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди