Joriy yilda tumanda hududiy dastur doirasida 83 ta loyiha ishga tushdi

Matbuot anjumani

    Bu haqda bugun Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur loyihalarning umumiy qiymati 166 mlrd. 798 mln. so‘m bo‘lib,, shundan, 134 mlrd. 327 mln. so‘m korxonaning o‘z mablag‘i, 10 mlrd. 375 mln. so‘m tijorat bank krediti, 714 ming. AQSH dollari xorijiy kredit o‘zlashtirilishi hisobiga 471 ta yangi ish o‘rinlari yaratishga erishildi.
Jumladan:
   Sanoat sohasida umumiy qiymati 29 mlrd. 175 mln. so‘mlik, 11 ta loyihalarni amalga oshirish hisobiga 77 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida umumiy qiymati 75 mlrd. 534 mln. so‘mlik, 53 ta loyihalarni amalga oshirish hisobiga 273 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida umumiy qiymati 62 mlrd. so‘mlik, 19 ta loyihalarni amalga oshirish hisobiga 121 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

   Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-459-sonli qaroriga asosan tuman hududidan oqib o‘tuvchi darg‘om kanalida qurilgan umumiy qiymati 34,2 mln. dollarlik 2 ta GES loyihasi ishga tushirilib, 27 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.  Shuningdek, tadbir davomida tumanning eksport ko‘rsatgichlari hamda kichik sanoat zonalari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди