Qulay investitsiya muhiti — taraqqiyot omili

    Toyloq tumanida investitsiyalar oqimini kengaytirish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari xamda xorijiy investorlar bilan “ZUM” (ZOOM)-dasturi orqali videokonferensiya formatida muloqotlar muzokaralar o‘tkazib, investorlarga tumanning investision jozibadorligini namoyish qilish uchun video roliklar hamda investision loyiha taqdimotlari tayyorlanib ular bilan V2V formatdagi uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.

  Bundan tashqari tumanda xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rivojlantirish orqali ichki bozor sifatli mahsulotlar bilan ta’minlanadi, bu tadbir korxonalarimizning xalqaro bozorga chiqishiga yordam beradi.

  Xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar sonining o‘sib borishi, eng avvalo, mamlakatdagi siyosiy barqarorlik va investisiya faoliyatining qonuniy asoslari takomillashib borayotganligi bilan izohlanadi.

  Xususan, joriy yilning yanvar-avgust oylarida 1,5 mln. AQSH dollar o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 21,9 mln. AQSH dollari miqdorida yoki rejaga nisbatan 1 460% investisiyalar va xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.

2023 yilda tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan hududiy investisiya loyihalar to‘g‘risida MA’LUMOT

Tumanda 2023 yilda jami 140 ta loyihalarda, umumiy qiymati 721 mlrd. 183 mln. so‘mlik, shundan, 614,7 mlrd. so‘m korxonaning o‘z mablag‘i, 12,9 mlrd. so‘m tijorat bank krediti, 2,1 mln. AQSH dollari xorijiy kredit hamda 5,8 mln. AQSH dollar TTXI o‘zlashtirilishi hisobiga 1 359 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish belgilangan.

 

Jumladan:

 Hudud      nomi

Soni

Qiymati

shundan

Ish o‘rni

o‘z mablag‘i

bank krediti

xorijiy krediti

xorijiy investisiya

 

Toyloq tumani

140

721,2

614,7

12,9

2,1

5,8

1359

 

Sohalar kesimida

1

Sanoat

22

209,9

153,9

1,0

0,1

4,5

489

2

Xizmat ko‘rsatish

93

383,8

354,4

11,0

0,3

1,3

713

3

Qishloq xo‘jaligi

25

127,4

106,4

0,9

1,7

0,0

157

Darajasi

1

Yirik

2

144,5

129,0

0,0

0,0

1,3

220

2

O‘rta

25

416,4

338,5

5,2

1,6

4,5

575

3

Kichik

113

160,3

147,2

7,7

0,5

0,0

564

 

2023 yil tumanda 21 sentyabr kuniga qadar amalga oshirilgan hududiy investisiya loyihalar

  Tumanda joriy yilning 21 sentyabr kuniga qadar hududiy dastur doirasida jami 83 ta loyihalar, umumiy qiymati 166 mlrd. 798 mln. so‘mlik, shundan, 134 mlrd. 327 mln. so‘m korxonaning o‘z mablag‘i, 10 mlrd. 375 mln. so‘m tijorat bank krediti, 714 ming. AQSH dollari xorijiy kredit o‘zlashtirilishi hisobiga 471 ta yangi ish o‘rinlari yaratishga erishildi.

Jumladan:

Sanoat sohasida umumiy qiymati 29 mlrd. 175 mln. so‘mlik,
11 ta loyihalarni amalga oshirish hisobiga 77 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Xizmat ko‘rsatish sohasida umumiy qiymati 75 mlrd. 534 mln. so‘mlik, 53 ta loyihalarni amalga oshirish hisobiga 273 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida umumiy qiymati 62 mlrd. so‘mlik,
19 ta loyihalarni amalga oshirish hisobiga 121 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

    Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-459-sonli qarorida joriy yilda ishga tushishi belgilangan 2 ta GES Davlat dasturi asosida umumiy 34,2 mln. dollarlik tuman hududidan oqib o‘tuvchi darg‘om kanalida ishga tushirilgan bo‘lib, 27 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. 

 

Tuman Eksport ko‘rsatkichlar to‘g‘risida

   Tumanda 2023 yilda umumiy qiymati 30,4 mln dollarlik, jumladan sanoat mahsulotlari 25,6 mln dollar hamda meva-sabzavot mahsulotlari 4,8 mln dollari miqdorida eksport qilish rejalashtirilgan.

  Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida eksport rejasi 25,5 mln. dollar etib belgilangan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich joriy yilning 21 sentyabr holatiga jami 12,5 mln.  dollar (sanoat mahsulotlari 9,0 mln. AQSH dollar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari

3 mln. 554 ming AQSH dollar) yoki rejaga nisbatan 49,1 %ni tashkil etdi.

    Ushbu ko‘rsatkichlar tahlil qilinganda joriy yilning boshida anomal sovuq kirib kelganligi sababli sanoat korxonalarida elektr energiyasi uzulishlari yuzaga kelganligi, bundan tashqari qo‘shni davlatlarda yuzaga kelgan siyosiy vaziyatlar sababli belgilangan reja ko‘rsatkichlar sezilarli darajada pasaygan.

   Yuzaga kelgan qoloqliklarni yil yakuniga qadar tumanda faoliyat yurutuvchi eksportyor korxonalar tomonidan sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish orqali 18 mln. 450 ming. AQSH dollarlik mahsulotlar eksport qilish orqali bajariladi.

Jumladan:

1) (2-sektor) "Pet Agro Oil" KK MCHJ – 6 250 ming. dollar o‘simlik yog‘i, yong‘oq hamda mayiz mahsuloti – Turkiya, Korea, AQSH va Rossiya davlatlariga;

2) (2-sektor) "Siyob Shavkat Orzu" F/X – 4 500 ming. dollarlik – Qishloq xo‘jaligi (mosh, yong‘oq hamda mayiz) mahsuloti – Xitoy, Rossiya, Tojikiston, Afg‘oniston va Ozarbayjon davlatlariga;

3) (2-sektor) " KARAVAN RPEMIUM EXPORT " MCHJ – 500 ming. dollar yong‘oq, mayiz hamda mosh mahsuloti – Turkiya, Rossiya, Xitoy davlatlariga;

4) (3-sektor) “VINTRADITION” MCHJ XK – 3 450 ming. dollar konyak mahsuloti – Rossiya davlatiga;

5) (3-sektor) “Doniyev Servis Stil” MCHJ – 1 500 ming. dollarlik mayiz va quritilgan olxo‘ri mahsuloti – Rossiya, Turkiya, Litva, Latviya hamda Saudia Arabiston davlatiga

6) (1-sektor) "REYHAN FRUITS" MCHJ – 1 500 ming. dollar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (uzum, qoroli)  – Rossiya va Turkiya davlatlariga;

7) (1-sektor) “PREMIUM FRUIT EXPORT” MCHJ – 1 500 ming. dollar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari  – Rossiya va Turkiya davlatlariga;

8) (1-sektor) "SUPER-ORIYON" MCHJ 650 ming. dollar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (uzum, qoroli)  – Rossiya davlatiga;

9) (1-sektor) “BAGIZAGAN” MCHJ – 100 ming. dollar vino va vino mahsulotlari – Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlariga.

 

Tumanda amalga oshirilayotgan sanoat zonalari bo‘yicha ma’lumotlar

 

Kichik sanoat zonalarda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Tumanda bugungi kunda jami tumanda 4 KSZsi mavjud bo‘lib, ushbu KSZ yer maydonlari 13,0 gektarni tashkil etadi.

Xususan:

 

KSZ hududi nomi

Yer maydoni
(ga)

Lotlar soni

1

Bog‘izog‘on KSZ

8,9

25

2

Shopo‘lot KSZ

2,0

10

3

Uzunqishloq KSZ

1,0

5

4

Davlatobod KSZ

1,05

5

 

   Ushbu yer maydonlarda bosh rejasi 45 ta lotlar joylashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 29 ta lotlar Ye-auksion savdolari orqali sotilgan bo‘lib qurilish ishlari jadallik bilan amalga oshirilib 2 ta lotlar ishga ("GRAND PERILLA NERJAVIKA" xususiy korxonasi tomonidan leksan (tom uchun mo‘ljallangan polikarbonat) hamda "XAMZA STROY PLUS 777" MCHJ tomonidan qurilish materiallari (penablok) tushirildi.

 

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi bo‘yicha

 

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5088-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 10-maydagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hamda Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 294-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyat hokimining 2021-yil 12-maydagi
94-Q-sonli qaroriga asosan Toyloq tuman hokimining 2021-yil
12-maydagi 222-Q-sonli
qarori bilan tuman hokimligi zahirasida bo‘lgan Eskijuma MFY hududida joylashgan eski qishloq vrachlik punktning 2,25 gektar yer maydonida Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasini tashkil etilishi belgilangan.

      Xususan, ushbu yer maydoni loyihalarni joylashtirish bo‘yicha bosh rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib,  bosh rejaga asosan 25 ta lotlarga bo‘lin bo‘lib, ushbu lotlardan bugungi kunda 18 tasi Ye-auksion savdolari orqali sotilgan bo‘lib qurilish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Xususan:

 

YOSTZ hududi nomi

Yer maydoni
(ga)

Lotlar soni

1

Eskijuma YOSTZ

2,25

25

 

“Urgut” EIZning Toyloq tuman “Xo‘jaqishloq” massividan ajratilgan yer maydoni bo‘yicha

 

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 noyabrdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5278-sonli Qaroriga asosan “Urgut” EIZ hududlarini kengaytirish maqsadida Toyloq tuman “Xo‘jaqishloq” massividan 14,9 ga yer maydonlari ajratilgan.

    Shundan bugungi kunda tashabbuskor "PROFIL PERFECT" MCHJ tomonidan Alyuminiy profillar ishlab chiqarish va ranglash loyihasini amalga oshirish maqsadida 1 gektar yer maydoni Ye-auksion savdolari orqali sotib olinib loyihani amalga oshirish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.

    Bundan tashqari qolgan 5 ta lotlar “E-AUKSION.UZ” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksion sotuv jarayonida.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди