Fuqarolarning murojaatlari tinglandi

   Bugun Toyloq tuman Xalq qabulxonasida  tuman hokimining fuqarolar uchun qabuli o‘tkazildi. Unda tuman hokimi B. Bobonazarov,  Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi mudiri Q. Ismoilov, tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.     
  Qabul davomida fuqarolarning moddiy va tibbiy yordam,  ish bilan ta’minlash, uy-joy,  ichimlik suvi kabi masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.  
  Murojatlarning barchasi tegishli tartibda ro‘yxatga olindi.  Muddat talab etiluvchi muammolarni o‘rganib, qonuniy yechim topish yuzasidan tumanning tegishli mutasaddi tashkilot va idoralariga topshiriqlar berildi. 
  Sayyor qabulda tushgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди