Ma’rifat - jamiyat taraqqiyotining asosi

   Davlatimiz rahbarining yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borayotgan oqilona siyosatining bosh g‘oyasi inson va uning qadrini ulug‘lashdan iborat bo‘lib, mana shunday adolatli yondashuv tufayli odamlarimizning nafaqat yashash sifati, balki dunyoqarashi ham o‘zgarib, daxldorlik tuyg‘usi, Vatan ravnaqiga hissa qo‘shishga intilish hissi kuchaymoqda.
   Aholi ruhiyatidagi bunday ijobiy o‘zgarishlarni yanada rivojlantirish orqali uchinchi Renessansga muhim asos bo‘ladigan «Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat» konsepsiyasini ishlab chiqishga kirishilgani diqqatga sazovor. Bu, avvalo, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizni davr talablariga mos ravishda boyitish va rivojlantirish, shu orqali jamiyatning madaniy va ma’rifiy yuksalishiga erishish imkonini beradi. Jamiyat a’zolarining ongi va tafakkurini, hayot falsafasi va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
   Bunda, aholi ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash muhimdir.
   Bugun Toyloq tumanida o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu haqda ma’lumot berildi. Unda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini yaratish doirasida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar haqida so‘z yuritildi. 
   Bu borada tumanda bir qator davra suhbatlari, uchrashuvlar, tadbir va festivallar o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan, festival doirasida “Uchunchi Renessans — ma’rifatli jamiyat sari!” mavzusida konferensiya, “O‘zbekiston qahramonlari” va “Ma’naviyat asosiy tushunchalar lug‘ati” nomli kitoblar taqdimoti, “Mening farzandim O‘zbekiston faxri!”, “Ziyolilar forumi”, “Inson qadri”, “Mehr-muruvvat va saxovat uchun”, “Ma’rifat soati”, “Ma’rifatli oila – ma’naviyat tayanchi”, “Teatr haftaligi” loyihalari, “Ma’rifat ulashib” aksiyasi, “Yangi uyg‘onish davri kitob va kutubxonalardan boshlanadi” nomli kitob ko‘rgazmalari, “Faol fuqaro” munozara klubi, “Ma’rifat Ziyo” platformasi taqdimoti, “Ma’naviyat kubogi” sport musobaqasi va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

   “Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.  Unda tuman umumta’lim maktablari direktorlari, o‘quv ishlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, amaliyotchi psixologlar ishtirok etishdi. 
   O‘quvchi yoshlarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning iqtidorlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishda tumandagi Barkamol avlod bolalar maktabi muhim rol o‘ynaydi. Maktabda 7 ta yo‘nalishda jami 1250 nafar o‘quvchilar qamrab olingan. Bu umumta’lim maktablari o‘quvchilar sonining 3.1 %ni tashkil etadi. O‘quvchilarga 40 nafar to‘garak rahbaralari to‘garak mashg‘ulotlari olib borishadi. «Barkamol avlod» bolalar maktablarini 2024 yilga qadar 50 foiz oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan to‘ldirish ko‘zda tutigan. 
  -Yangi O‘zbekis¬tonni va unda ma’rifatli jamiyatni yaratish hammamizga va har birimizga ko‘p jihatdan bog‘liq,-deydi Jahongir Haqberdiyev. -Avvalo, barchamiz bunyod etilayotgan yangi jamiyatimizga munosib bo‘lish uchun boy tarixiy madaniyatimiz va milliy qadriyatlarimizga asos¬langan holda zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan mustahkamlangan salohiyatga ega bo‘lishimiz lozim. 

 

Tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди