Jinoyatchilikka qarshi kurashish masalasi rahbarlar e’tiborida

 

   Davlat muttasil rivojlanar ekan, huquqbuzarliklarni sodir etish turlari ham murakkablashib boradi. Shu bois, bugun mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish va amalga oshirish nafaqat ichki ishlar organlarining, balki sektorlar rahbarlari ham zimmasiga mas’uliyat yuklaydi.
   Shu ma’noda aytganda bugun Toyloq tuman sektor rahbarlari  Xoncharbog‘, Beklar, Vorsin va Qo‘shchinor mahallalarida bo‘lib, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida jinoyatchilikka qarshi kurashish va hududlarni xavfsiz mahallaga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganib, tanqidiy muhokama qilishdi. 
    Bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tilga olinib, galdagi rejalar va muhim vazifalar yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди