Ochiq muloqot: Korrupsiyasiz jamiyat – taraqqiyot kafolati

 

 

   Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitusiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi. Davlat va jamiyatda sog‘lom muhitning qaror topishi, barqarorligi, tinchligi va taraqqiyoti uchun xavf soladi. Korrupsiyaga qarshi har kim har doim kurashishi, bu illatning jamiyatga, taraqqiyotga va xavfsizlikka katta tahdid ekanini har bir ongli inson chuqur anglashi lozim. Korrupsiyaning oldini olish, unga barham berishda faqat davlat va hukumatning kuchi bilangina erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun mazkur ijtimoiy illatga qarshi butun jamiyat, barcha fuqarolar oyoqqa turmog‘i, kurashmog‘i zarur. Har qanday jamiyat uchun ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biridir.
    Bugun tuman hokimligida o‘tkazilgan ochiq muloqotda yuqoridagi fikrlar bildirildi. Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov ishtirokidagi tadbirda bu illatga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. 

    Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda korrupsion holatlar eng kup uchrayotgan sohalar sog‘liqni saqlash (ma’muriy huquqbuzarlik ya’ni oz miqdorda talon-taroj kurinishidagi holatlar aniqlangan) hamda xalq ta’limi tizimidagi maktablar sohasiga to‘g‘ri kelmoqda, - deydi tuman hokimi B. Bobonazarov.
 -Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan olib  borilayotgan oqilona siyosat natijasida Respublikamiz shu eumladan Toyloq tuman hokimligi huzurida tuman hokimi rahbarligida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha komissiya tashkil etilgan.  Joriy yilning o‘tgan davrida tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarda hamda aholi orasida poraxo‘rlik va korrupsiya illatlarining oldini olish yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib boruvchi ishchi guruh va reja grafik tuzilib, 22 ta tashkilotda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
   Shuningdek, tuman Adliya bo‘limi, tuman Prokuraturasi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi va 2 ta kasb-hunar maktablari va kollejlarining ma’sul xodimlari bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish, profilaktika ishlarini kuchaytirish, ushbu illatning oldini olish maqsadida tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarda, shuningdek, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, aholi jumladan, uyushmagan yoshlar o‘rtasida 850 ga yaqin keng qamrovli yig‘ilishlar, davra suhbatlari va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

 

 Mahallalardagi keng aholini shu jumladan uyushmagan yoshlarga korrupsiya jinoyatining qanchalik dolzarb va og‘ir jinoyatlar turiga kirishini bildirish va anglatish maqsadida “Biz korrupsiyaga qarshimiz”, “Korrupsiyaga yo‘l yo‘q” shiorlari ostida 450 ga yaqin targ‘ibot tadbirlari va sport musobaqalari tashkil etildi.
   O‘tgan yil davomida komissiya a’zolari tomonidan 12 marta tuman “Qo‘shchinor” gazetasi va tuman vebsaytlariga targ‘ibot marteallari va maqolalar elon qilingan.

 

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди