Toyloq tumani mudofaa bo‘limining moddiy-texnik ba’zasi mustahkamlanmoqda

 

    Bugun Toyloq tuman hokimligida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.  Unda tuman mudofaa ishlari bo‘limining moddiy-texnik ba’zasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
    Ma’lumotlarga ko‘ra Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 2021 yil 25 yanvardagi 97/21-sonli qaroriga asosan Toyloq tumani Mudofaa ishlari bo‘limining moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun 22 500 000 (yigirma ikki million besh yuz ming) so‘m pul ajratilgan. Bo‘limning ikki qavatli ma’muriy binosi to‘liq rekonstruksiya qilingan, yoritish va isitish tizimlari to‘liq o‘rnatilgan, mashina qo‘yish uchun zamonaviy tipdagi avtoturargoh qurilgan.

  Mudofaa ishlari bo‘limini axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash maqsadida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 3 dona kompyuter jamlanmasi,  1 dona printer, 1 dona rangli printer, 1 dona fotoapparat jami 21333422 (yigirma bir million uch yuz o‘ttiz uch ming to‘rt yuz yigirma ikki) so‘mlik axborot texnologiyalari olib berildi.
  Matbuot anjumani davomida ishtirokchilar mudofaa bo‘limi ishini yanada jonlantirish, yoshlarni harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish borasidagi fikr va takliflarini bildirishdi. Shuningdek, muddatli harbiy chaqiruv hamda safarbarlik chaqiruv rezervi borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
  Armiya xaqidagi ilk taassurotlari “armiya ostonasi” deya e’tirof etiladigan mazkur dargohda uyg‘onishi, harbiy-vatanparvarlik tarbiya ham shu joyda shakllanishi takidlandi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди