Jinoyatchilikning oldini olish borasidagi takliflar yig‘ildi

    

  Jinoyatlar o‘z-o‘zidan sodir etilmaydi. Har bir huquqbuzarliklarning ma’lum sabablari bor. Lekin asosiy masala jinoyatning oqibatlari bilan kurashish emas, balki jinoyat sodir etilishini oldini olish, sodir etishga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhim. 
   Bugun Toyloq tumanida “Mahalla aholisini jinoyatchilik haqida xabardor qilish, mahallalarda sayyor sud majlislarini o‘tkazish hamda huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmlarini yaratish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi”ning sayyor uchrashuvida ham aynan shu mavzuda so‘z yuritildi. 
    Tuman hokimi B. Bobonazarov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, imom xatiblar, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan tadbirda ishchi guruh a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari Ikrom Muslimov uchrashuvning maqsadi haqida so‘z yuritdi. 

    -Ma’lumotlarga ko‘ra joriy yilning o‘tgan 6 oyida respublikamizning 48 foiz mahallalarida umuman jinoyat sodir etilmagan. Maqsadimiz, qolgan 52 foiz mahallalarni ham jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish. Shu maqsadda tuzilgan ishchi guruh a’zolari shahar va tumanlarda yurib, tuman faollari bilan uchrashyapti, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari va uni oldini olish borasidagi takliflarini yig‘yapti, - deydi Ikrom Muslimov.
   Jinoyatning sabablaridan biri – qilayotgan ishining jinoyat ekanini, gunoh ekanini bilmaslikdir. Avvalo ana shu jaholatga qarshi kurashish kerak. Bir ishning gunoh ekanini bilgan odam albatta undan qaytadi. Jinoyatning qaysi bir turini olib qaramang, dinimiz, insoniylikka xilofdir. Odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, firibgarlik, tovlamachilik – bularning barchasi inson hayotiga zarar ekanini tushuntish diniy soha xodimlari va ziyolilar zimmasidagi muhim vazifa hisoblanadi. 
    Uchrashuv davomida tuman faollarining takliflari yig‘ildi. Ular mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarning sabablari va ularni oldini olish borasidagi fikr-mulohazalarini bidirishdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди