Suvni tejash - kelajakni asrash

   

   Ma’lumki joriy yilning 29 may kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan “Agrobank” va Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti hamkorligida “Suvchilar maktabi” loyihasiga start berilgan edi. 
  Yangi loyiha asosida tumanlarda o‘quv kurslarini tashkil etish,  unda professor-o‘qituvchilar fermer-dehqonlarga bilim va amaliyotni integratsiya qilgan holda o‘qitishlari rejalashtirilgan edi.  
    Ana shunday o‘quv kusrlarning navbatdagisi bugun Toyloq tumani 2-sektor hududida bo‘lib o‘tdi. 

   Spekerlar Agrobank ATB Bosh ofisi guruh rahbari  Bobur Toxirov, turkiyalik mutaxassis, ziroat muhandisi Tekiner Murat hamda Irrigatsiya va agrotexnalogiyalar unversiteti katta o‘qituvchisi Elyor Malikovlar suvni tejovchi texnologiyalar turlari, afzalliklari va ularning samaradorligi, xorijiy tajriba, zamonaviy sug‘orish tizimining ahamiyati va suvdan foydalanish madaniyati, iqtisodiy va huquqiy savodxonlik, subsidiya, kafilliklar, soliq imtiyozlari va bank kreditlari, tuproqning suv xossalari va nam saqlovchi texnologiyalarini o‘rganish kabi mavzular haqida batafsil ma’lumotlar berishdi. 

    - Iqlimshunoslar hududiy, mintaqaviy darajada emas, balki jahon miqyosida yuz berishi tobora muqarrar bo‘lib borayotgan suv tanqisligidan ogohlantirishmoqda, - deydi Irrigatsiya va agrotexnalogiyalar unversiteti katta o‘qituvchisi Elyor Malikov. Global darajadagi ushbu muammoning yechimi mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish bilangina hal bo‘ladi. Shu boisdan mamlakatimizda suvdan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Suvchilar maktabi” loyihasining asosiy maqsadi ham suv tejovchi texnologiyalarni ommalashtirish orqali suvdan oqilona foydalanish hamda hosildorlikni oshirishdan iborat.
   Seminar davomida tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil ma’lumotlar olishdi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди