Bilimlar kunida yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi.

    Toyloq tumanidagi 21-umumta’lim maktabi uchun qurilgan qo‘shimcha  binosi 360 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 4 mlr. 320 mln so‘m mablag‘ sarflangan.    
    Binoning ochilish marosimida maktab jamoasi, mahalla aholisi, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 

  Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev ishtirok etib, mahalla ahlini qo‘shaloq bayram bilan qutladi. Shundan so‘ng, alvon lentalar qirqilib, tadbir ishtirokchilari bu yerda yoshlarning o‘qib, bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди