Chekka hududlarda eng ulug‘, eng aziz bayram nishonlandi

 

 

  Ayni kunlarda eng ulug‘ va eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi tantanalari "Yangi hayot uchun-Yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida keng nishonlanmoqda. Mamlakatimiz tarixida yangi sahifa ochgan mustaqillik bayramini kutib olish, qalblarimizga o‘zgacha shukuh bag‘ishlaydi. 
   Ana shunday tadbirlardan biri Toyloq tumanidagi Cho‘bot qishlog‘ida  o‘tkazildi. 
 Tadbirda maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimi O.Mamanov, tuman hokimining o‘zbek tili bo‘yicha maslahatchisi F.Mirbabayevlar ishtirok etishdi.


  Mahalla aholisining madaniy hordiq chiqarishi uchun tashkil etilgan tadbirda namoyish etilgan bayram dasturi bilan birgalikda sport musobaqalarining tashkil etilganligi tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir so‘ngida mahalladagi nuroniy otaxonlarga osh damlanib, bayram dasturxoni tashkil etildi.
    Bunday tadbirlar tumanimizda davom etadi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди