Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

   Aholi sonini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil va e’lon qilishning yagona jarayonidir. U aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai bo‘lib, kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migrasiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.
  Shu boisdan yurtimizda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. 
  Xususan, Toyloq tumani statistika bo‘limi tomonidan joylarda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar, raqamlangan va raqamlanmagan uylar  hamda mahalla aholi soni xarita bilan solishtirib borilmoqda va kelgusida mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib, mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berilmoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди