Hokimlik soati

   Bugun Toyloq tuman hokimligi majlislar zalida kengaytirilgan apparat yig‘ilishi  bo‘lib o‘tdi. Unga tuman hokimligi apparati xodimlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari hamda hokim yordamchilari taklif etildi. 
    Tuman hokimi Bahodir Bobonazarov rahbarligida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda:
-Tashkilotlar rahbarlari va aholi xonadonlariga quyosh pannellarini o‘rnatish holati;
-Soliq tushumlari;
-Mahallalardagi bo‘sh turgan ob’yektlarni ishga tushirish orqali xotin-qizlar bandligini ta’minlash;
-Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va hududlarni obodonlashtirish kabi masalalar muhokama etildi. 
     Muhokama davomida mazkur yo‘nalishlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka qo‘ygan rahbarlarga ogohlantirish berildi. Galdagi vazifalar borasida topshiriqlar berildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди