Toyloqlik hojilar haj ziyoratidan qaytishdi

  Yurtimizdan muborak safarga borgan hoji ota va hoji onalar islomning beshinchi ruknini ado etib, sog‘-omon yurtimizga qaytib keldilar.
  Joriy yilning 14 iyun sanasida muqaddas Haj ziyoratiga yo‘l olgan 41 nafar hojilar Toyloq tuman hokimligida izzat-ikrom bilan kutib olindi.  
  Sochak mahallasida yashovchi Oblovqul ota Jabborov hamda Mukarram aya Samadovalar ham Haj ziyoratini amalga oshirib, eson-omon oilasi bag‘riga qaytishdi.


  "Avvalambor, bunday xayrli ishlar boshida turib, biz kabi ziyoratchilarga alohida e’tibor qaratib kelayotgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga o‘z tashakkurlarimizni bildiramiz. Ziyoratchilar ibodatlarini amalga oshirishlari uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Biz yurtimiz tinchligi, obod va farovonligini tilab muborak qadamjolarda duolar qildik. Bundan buyon biz yoshlarimizni tarbiyalash, to‘g‘ri yo‘lga boshqarishda o‘z hissamizni qo‘shamiz", - deydi Obloqul ota Jabborov.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди