Yoshlar ma’naviyati yurt kelajagini belgilab beradi

    O‘zbekistonda navqiron avlodning puxta bilim olishi, kasb-hunar egallashi, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol topishi yo‘lida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

    Ayniqsa, bugungi globallashuv va tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan murakkab va shiddatli davrda mamlakatimiz yoshlari ma’naviyatini turli tahdidlardan asrash, ularning xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan jarayonlarning tub mohiyatini anglab yetishi, ushbu voqeliklar yuzasidan xolis va mustaqil fikrga ega bo‘lishi, to‘g‘ri va maqbul xulosa chiqara olish salohiyatini shakllantirish hamda rivojlantirish yo‘lida tizimli ishlar olib borilmoqda.

    Xususan, Toyloq tumanida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilmoqda. Bugun Toyloq tuman hokimligida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu boradagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 

   Bugungi kunda tumanda jami 14-30 yoshdagi yoshlar 54 426 nafarni tashkil etib tumandagi 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish faoliyatini olib borayotgan yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish ularni yod g‘oya tasiriga tushib qolishini oldini olish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish borasida turli xil ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan;

   Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan bo‘lib mahallalarda “Yosh kitobxon”, “Yosh kitobxon oila” va “Zukko kitobxon oila” tanlovlari o‘tkazildi. Mahalla yoshlari uchun maktab kutibxonalari muntazam foydalnishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratilgan.  Kitobxonlik targ‘ibotlari natijasida soat 16:00dan keyin maktab kutubxonalariga kelayotgan yoshlar  salmog‘i sezilarli darajada oshgan.

    Davlatimiz rahbari tomonidan 2022 yilning 19-yanvarda qabul qilinagan 92-son qarori ijrosi yuzasidan mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, iste’dod va qobiliyatini namoyon qilishlariga ko‘maklashish maqsadida bir yilda ikki marotaba besh bosqichli mahalla, sektor, tuman, viloyat, respublika darajasidagi “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumi doirasida sport musoboqalari hamda ma’naviy ma’rifiy tanlovlarini tashkil qilish belgilangan. Ushbu tanlovlarda ishtirok etish maqsadida @beshtashabbusbot orqali 17 536 nafar yoshlar va @yoshkitobxonbot orqali 4 713 nafar ro‘yxatdan o‘tgan. Ushbu madaniy va ma’rifiy tadbirlarning mahalla, sektor va tuman bosqichlarida 53 111 nafar yoshlar ishtirok etishdi. Xususan, mahalla, sektor va tuman bosqichlari “Xalq va zomonaviy cholg‘u asboblari ijrochiligi” mahalla, sektor va tuman bosqichlari “Yoshlar raqs festivali” tanlovlari tashkil qilindi. Ushbu tanlovlarda10-15, 16-22, 23-30 yosh doirasidagi 7 056 nafar yoshlar ishtirok etdi.

    Shuningdek, Besh tashabbus olimpiadisning ikkinchi mavsumida 44 360 nafar yoshlar qamrab olinib, 6 ta mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlari viloyat bosqichlarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi.

     Shuningdek, Toyloq tumani O‘ray-elipok mahallasi hududidagi 50-umumta’lim maktabining "Amir Temur vorislari" jamoasi “Yosh chegarachilar” harbiy musoboqasining Respublika bosqichida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

    Bugungi kunda tumanda jami 267 ta sport inshootlari mavjud bo‘lib, shundan 62 tasi yopiq, 205 tasi ochiq sport inshootlari. Mazkur sport inshootlarida bugungi kunda jami 11785 nafar yoshlar muntazam sport bilan shug‘ullanishib bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishmoqda.

   Tumandagi sport maktabi o‘ziga yaqin bo‘lgan hududdagi 24 ta maktablarga biriktirilib, 14 turdagi sport to‘garaklari tashkil etildi va ularga 1392 nafar o‘quvchilar qamrab olindi.

2023 yilning yanvar-fevral oylarida “Yoshlar balansi” asosida yoshlarning ijtimoiy holati, qiziqishi va muammolarining xususiyatidan kelib chiqib, har bir mahallada yoshlar bilan individual ishlash tizimini yaratish maqsadida mahallalarda xatlov o‘tkazildi.

    O‘tkazilgan xatlov natijasida mazkur toifadagi yoshlarga ijtimoiy holati, qiziqishi va muammolarining xususiyatidan kelib chiqib, jami 1529 nafar yoshlarga gorizantal va vertikal shaklda profilaktika inspektori, mudofaa bo‘limi xodimi, patronaj hamshira, xotin-qizlar faoli, mahalla raisi, yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, maktab direktori o‘rinbosarlari va 50 tashkilot rahbarlari biriktirilib, muammolarini o‘rgangan holda bosqichma-boqich amaliy yordam berib kelmoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди