Xonchorbog‘ mahallasida tibbiyot markazi foydalanishga topshirildi

 Sog‘lom raqobat har jabhada kerak. Jumladan, tibbiyotda ham. Shu bois tizimda xususiy sektor ulushini yildan-yilga oshirish choralari ko‘rilmoqda.Bu orqali O‘zbekistonda yuqori texnologiyalarga asoslangan sifatli tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, tizimga xorijiy investisiya va yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish maqsad qilingan.


    Toyloq tumanida ana shunday tibbiyot muassasalari soni yana bittaga ko‘paydi. Xonchorbog‘ mahallasida  qurib foydalanishga topshirilgan “Dar Al Shifa” tibbiyot markazi tadbirkor Munavva Davurova tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, 7 ta yo‘nalish bo‘yicha malakali shifokorlar aholiga xizmat ko‘rsatishi uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди