Fuqarolarning muammolariga yechim izlandi

 

   Joylarda olib borilayotgan sayyor qabullar natijasida ko‘plab fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan turli muammolarga yechim topmoqdalar. Murojaatlar tegishli tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida qonuniy va adolatli hal etilayotgani fuqarolarimizning hayotdan rozi bo‘lib yashashlarida muhim omil bo‘lmoqda.
  Ana shunday sayyor qabullarning navbatdagisi Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasida o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan Toyloq tuman hokimi B. Bobonazarov, tuman Xalq qabulxonasi bo‘limi mudiri Q. Ismoilov hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari  fuqarolarning murojaatlarini tinglab, ularga ijobiy yechim izlashdi.

 
     Sayyor qabulda fuqarolardan uy-joy olish, moddiy va tibbiy yordam, ta’lim krediti olish,  shuningdek, ichimlik suvi, elektr energiyasi kabi  masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
     Murojaatlarning bir qismi joyida hal qilindi, yechimi muayyan vaqt talab qiladigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди