Uyushmagan yoshlar bilan ishlash  masalasi muhokama etildi

    Yurtimizda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi joriy etilgan bo‘lib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatdan ajralib qolgan, hayotda o‘z o‘rnini topolmayotgan, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan yoshlarni faol hayotga qaytarish muhim vazifalardan biridir.
   Bugun Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov hamda sektorlar rahbarlari boshchiligida korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj yoshlar bilan alohida ishlash borasidagi vazifalar muhokama etildi. 


   Unda korxona va tashkilotlar rahbarlariga biriktirilgan “Qizil” toifada turuvchi yoshlar bilan ishlash ahvoli, ularning muammolarini hal etish holati tanqidiy-tahlil qilindi. Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas'ullar ogohlantirildi. Mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish borasida aniq vazifalar belgilab berildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди