Toyloqda “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” o‘tkazildi  

  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi va tuman Hunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir ma’naviy-ma’rifiy ishlarni sifat va mazmun jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, yurtdoshlarimiz, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik, ular orasida o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik, vatanparvarlik, shukronalik, tuyg‘ularini kuchaytirish, qolaversa, ma’naviy merosimizni hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash maqsadiga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. 

    “Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilgan “Ma’naviyat festivali” da Respublika targ‘ibotchilari a’zolari - jurnalist Oygul Kajanova, falsafa fanlari doktori, shoira Shahlo Ahrorova, "Nihol" mukofoti sovrindori, baxshi Feruz Normatovlar ishtirok etishdi. 
    Tadbirda faol qatnashgan hunarmandlar, madaniyat bo‘limi xodimlari hamda “Joziba” jamoasi tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди