“Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam”

     Bugun erta tongdan Toyloq tumanida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostidagi yoshlar festivali start oldi. 
     30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan yigit-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish,  ularning qalbida ona Vatanga muhabbat,  yurtga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbir "Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam"  shiori ostida yurish marafoni bilan boshlandi. 

 

     Sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga qaratilgan marafonda toyloqlik yoshlar, tuman hokimligi hamda korxona va tashkilotlar jamoalari, sektorlar rahbarlari, Milliy gvardiya xodimlari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va keng jamoatchilik vakillari ko‘tarinki kayfiyatda ishtirok etdilar.
    Belgilangan masofani piyoda bosib o‘tish jarayonida ishtirokchilar tongning musaffo havosidan bahra olib, bir-birlari bilan maroqli suhbat qurishdi, sog‘lom hayot uchun qadam bosib, marrani zabt etishdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди