YOZGI OROMGOHGA MARHAMAT!

   Joriy yilning 10-iyunidan Toyloq tumanidagi “Amir Temur” yozgi bolalar oromgohi o‘z faoliyatini boshlaydi. Birinchi mavsum doirasida 100 nafar bolajonlar oromgohda dam olishadi.   

   Adas mahallasida joylashgan, betakror tabiati, so‘lim bog‘lari, toza havosi bilan kishini o‘ziga jalb etuvchi oromgohda bolalarning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
   Maskanda mehnat qilayotgan murabbiylar tomonidan  o‘g‘il-qizlar o‘rtasida turli mavzudagi zukkolar bellashuvi, kitobxonlik kechalari, sport musobaqalari tashkil etish, tabiat qo‘yniga sayohatlar uyushtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan. 

   Bolajonlarimizni mazkur yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga taklif etamiz!

   Murojaat uchun tel: 90-281-41-41/

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди