Aholi bilan yuzma-yuz muloqot

   Bugun  tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimining fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.  Unda tuman hokimi  B. Babonazarov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Q. Ismoilov, idora-tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
  Unda fuqarolardan subsidiya asosida uy-joy olish, bolalar nafaqasi tayinlash, kadastr hujjatlaridagi muammolar, auksion orqali yer olish, shuningdek, oilaviy nizo kabi  murojaat kelib tushdi.    
  Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi,  ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди