Toyloqlik yoshlar sayohatga chiqishdi

  Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Toyloq tuman hokimligi tomonidan tumandagi 1-sektor hududidagi mahallalardan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 60 nafardan ortiq yigit-qizlar Samarqand shahri bo‘ylab sayohatga yo‘l olishdi.

   Ular ayni damda "Hoja Doniyor" maqbarasini ziyorat qilishmoqda. 

  Yoshlar sayohat davomida tarix bilan yuzlashgan diqqatga sazovor bino va inshootlarini tomosha qilishadi, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib, ma’naviy hordiq chiqarishadi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди