Xotin-qizlar bandligini ta’minlash holati o‘rganildi

   Bugun jamiyatimizda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasiga har qachongidanda ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘limi boshlig‘i Nodira Shotursunova, Oila va xotin-qizlar Qo‘mitasi bosh mutaxassisi To‘linoy Kadirova, Qo‘mita huzuridagi ilmiy tadqiqot instituti ilmiy  xodimi  Dilshod Mirzarayimovlarning Toyloq tumanida olib borgan o‘rganish ishlari ham shu  maqsadga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. 
   Ishchi guruh a’zolari tumanda ayollarni ish bilan ta’minlash, ishsiz xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish, ularni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati, shuningdek, Ravot va Nurafshon mahallalaridagi beshlik jamoaning xotin-qizlar muammolarini hal etish borasidagi hamkorligini o‘rgandi va o‘z takliflarini kiritishdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди