Toyloq tumani IIBda "Vatanparvarlik kuni" tadbiri o‘tkazildi

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-son qaroriga muvofiq Toyloq tumani IIBda "Vatanparvarlik kuni" tadbiri o‘tkazildi. 
   Tadbirda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida, tumandagi 15-son IDUMning 10-sinf o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil qilindi.   
  “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan o‘quvchilar xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, texnikalar, aloqa va maxsus himoya vositalari bilan yaqindan tanishtirildi.       O‘tkazilgan tadbir davomida o‘quvchilarga xizmat iti bilan mashg‘ulot namoyish etildi.  Bundan tashqari, maktab o‘quchilariga IIVning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun targ‘ibot ishlari ham olib borildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди