Suv tejovchi texnologiyalar: qulay va samarador

    Mutaxassislar yaqin 15 yil ichida dunyo bo‘yicha suv resurslari tanqisligi 40 foizga yetishi mumkinligini aytmoqda. Bu muammo sabab tug‘ilishi mumkin bo‘lgan katta xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida mamlakatimizdagi kabi Toyloq tumanida ham tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali suvdan maqsadli foydalanish choralari ko‘rilmoqda.
    Xususan, yaqinda “Mehnat-rohat-baraka” fermer xo‘jaligida 10 gektar maydonda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilindi. Natijada bunday maydonlar tumanda 295 gektar (joriy yilda 77 gektar)ni tashkil etdi.
    Bundan tashqari joriy yilda yana 400 gektar yer maydoniga tomchilatib, 250 gektar maydonga yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish ko‘zda tutilgan.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди