Yoshlar rahbarlar e’tiborida

    Bugun Toyloq tumani prokurori Asomiddin Saypiddinov 2-sektor hududida yashovchi  profilaktik va probatsiya hisobida turuvchi yoshlar bilan uchrashdi.  
    Yuzma-yuz suhbat davomida yoshlarga qilgan xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerakligi, o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘yib, ularni amalga oshirish uchun astoydil harakat qilishi lozimligi hayotiy misollar asosida tushuntirildi. 
    Tuman prokurori ularning muammolarini o‘rgandi, taklif va fikr-mulohazalarini tingladi. Yoshlar tomonidan bildirigan murojaatlar sektor rahbari tomonidan nazoratga olindi  va ijroga yo‘naltirildi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди