Sayyor qabulda yoshlarga ID kartalar topshirildi

    Bugun Toyloq tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatovning sayyor qabuli o‘tkazildi.
     Qabul avvalida 5 nafar yoshlarga ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi. Qolaversa, tumandagi 3-sektor hududida yashovchi 6 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga tikuvchilik mashinkalari hamda pishiriq pechi berildi.

  Yuzma-yuz sayyor qabulda fuqarolarning tizimga oid murojaatlari eshitildi. Aksariyat masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi muddat talab qiladigan muammolarga aniq va tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli idora rahbarlariga topshiriqlar berildi.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди