Kengashning navbatdagi yig‘ilishi

    Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi doimiy komissiyaslarining navbatdagi yig‘ilishida tuman Kengashining Yetmish ikkinchi sesseyasiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar (https://t.me/toyloq_hokimligi/20438?single) muhokama etildi. 
     Unda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Tog‘ayev, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sh.Jabborov, tuman irrigasiya bo‘limi boshlig‘i B.Ahadov, “Samarqand suv ta’minoti”MCHJ Toyloq tumani filiali boshlig‘i I.Yusupov hamda kun tartibiga aloqador boshqa mutasaddilarning hisobotlari eshitildi.     
    Kun tartibidagi masalalar Kengash a’zolari tomonidan muhokama etilgach, Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 72-sessiyasiga muhokama etish uchun tavsiya etildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди