Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to’lovi qanday hollarda to’xtatiladi?

   Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni to‘lash: a) quyidagi hollarda to‘xtatiladi:

qonun   hujjatlari   bilan   belgilangan   tayinlash   muddati tugaganda;

ariza beruvchi yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga to‘lov to‘xtatilishini so‘rab ariza taqdim qilinganda;

doimiy yashash  uchun  O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ko‘chib ketganda;

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ATdagi yoki manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimidagi texnik nosozlik natijasida, ma’lumotlar elektron ravishda to‘liq yoki qisman taqdim etilmaganligi sababli, shuningdek, arizani kiritishda va boshqa texnik xatolar oqibatida noto‘g‘ri tayinlanganligi aniqlangan taqdirda. Ushbu holatda o‘tgan davrda to‘langan mablag‘lar qaytarilmaydi; tegishli to‘lovlarni tayinlash to‘g‘risidagi qarorga ta’sir ko‘rsatgan ariza beruvchi tomonidan noto‘g‘ri va ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilganligi yoki to‘liq taqdim etilmaganligi aniqlanganda;

b) ortiqcha to‘lovlar aniqlanganda vaqtincha to‘xtatiladi. Bunda to‘lovlar kam ta’minlangan oilaga kelgusi oylarda to‘lanishi lozim bo‘lgan bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam va kompensatsiya uchun mablag‘lar hisobiga qayta hisob-kitob qilingandan so‘ng qayta to‘lovlar amalga oshiriladi.

Tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i J. Djurayev

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди