«Bir ziyoli-bir mahallaga ma’naviy homiy»

    Bugun ma’naviy-ma’rifiy ishlarning davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarilgani bejiz emas. Chunki davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda esa bu borada bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot hamda ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatga tayanamiz.
Bugun Toyloq tuman hokimligida tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Xushnazarov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida shular haqida so‘z yuritildi. 
    B. Xushnazarovning so‘zlariga ko‘ra «Bir ziyoli-bir mahallaga ma’naviy homiy» tamoyil asosida tuman hokimligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi,  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda ziyolilar bilan hamkorlikda  ma’naviy-ma’rifiy ishlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida seminarlar tashkil etilmoqda. Har bir mahallaga professor-o‘qituvchilar va taniqli ziyolilar biriktirilgan hamda biriktirilgan ziyolilar tanishtirib, ularning vazifalari to‘g‘risida tushuncha berilgan.
    Bugun uchrayotgan ijtimoiy muammolarni kamaytirish uchun nuroniylar tarbiyasi, jamoatchilik nazoratini kuchaytirib, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Bu borada tumandagi “Xo‘jayuz”, “Zarafshon”, “Go‘lba”, “Madaniyat”, “Qo‘rg‘oncha”, “Vorsin” va «Baxshitepa” mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil qilingan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda uyushmagan yoshlar, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”da turganlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularga ma’naviy homiy sifatida tavsiya va maslahatlar berildi. Shuningdek mahallalardagi notinch oilalar bilan muntazam ish olib borish masalasi bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosi ta’minlanmoqda.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди