Toyloqda 2023 yilning bahor mavsumida 480 ming dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi

   Muqaddas tuproq, musaffo xavo, zilol suv, o‘z nurini sahiylik ila sochayotgan quyosh – barcha-barchasi tabiatning betakror moʻjizasi. Inson tug‘iliboq ushbu ne’matlardan bahramand bo‘ladi. Shuning uchun ham uni ona tabiat deb ataymiz. Ona tabiatni, atrof muhtini asrab avaylash bizning asosiy burchimizdir. Shu boisdan ham bugun respublikamiz bo‘ylab “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida kщkalamzorlashtirish ishlari keng quloch yoydi. Xususan, Toyloq tumanida 2022 yilning kuz mavsumida 281 ming dona manzarali, mevali daraxt ko‘chatlari va butalar ekish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda tuman hududida 300 ming dona daraxt ko‘chati ekildi va belgilangan reja 106 % ga bajarilgan. Bu haqda bugun Toyloq tuman hokimligida tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Jamshed Norov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.

  2023 yilning bahor mavsumida esa 483 ming dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 480 ta ekilgan. Jumladan:

Umumfoydalanishdagi yo‘l chetlariga 6 ming dona;

Fermer xo‘jaliklari yerlari chetlariga 88,4 ming dona;

Qishloq xo‘jaligi  yerlarida  ihota daraxtlar barpo etish uchun 20 ming dona;

O‘rta maxsus ta’lim muassasalarida 6 ming dona;

Maktablarda 10 ming dona;

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 6 ming dona;

Cog‘liqni saqlash tizimida 13 33 ming dona;

Korxona va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari hududlarida 75 ming dona;

Obodonlashtirish boshqarmasi hududlarida 100 ming dona ;

Tumanimizdagi barcha mahallalar hududlarida 150 ming dona manzarali, mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

   Ekilgan daraxt ko‘chatlari tuman hokimligi qurilish kompleksida “Yashil makon” umummilliy loyihasi shtabi tashkil etilgan bo‘lib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar “Yashilmakon.eco” elektron platformasiga kiritib borilmoqda.

 

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди