Sud-huquq bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi

   Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudi raisi F.Majidov va sudya F.Yuldashevlar tomonidan tuman soliq inspeksiyasi binosida tashkilot va idoralar xodimlari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.  
    Uchrashuv davomida yig‘ilish qatnashchilariga «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-810-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi.
   Tadbir yakunida sudlarga da’vo ariza (ariza) bilan murojaat qilishda ba’zi davlat idoralari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga ham urg‘u berilib, mazkur muammolarning oldini olish bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди