Sektor rahbari ishni “Inson qadri uchun” tamoyili asosida tashkil etmoqda

   

  Inson qadrining qirralari ko‘p. Shular ichida eng asosiysi – yurt tinchligi va shu oliy saodatning ramzi sanalmish oilalar xotirjamligi sanaladi. Shuning barobarida aholi muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish, aholini davlat idoralaridan rozi qilish, ishni “inson qadri uchun” tamoyili asosida tashkil etish ham kun tartibidagi masaladir.
  Shu ma’noda aytganda Toyloq tuman prokurori A. Saypiddinov 2-sektor hududidagi mahallalarda yashovchi  aholi xonadonlarida bo‘lib, ularning muammolarini o‘rganmoqda. O‘rrganish davomida aniqlangan muammolarni joyida hal etish choralarini ko'rmoqda.     
    Xususan, Muborak mahallasida yashovchi fuqarolar tomonidan mahalladagi tuproq ko‘chalarga tosh to‘kish taklifini bildirishgan edi. Tuman prokurori mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida, homiylar ko‘magida 1,3 km yo‘lga shag‘al-tosh yotqizish ishlariga bosh-qosh bo‘lmoqda.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди