Navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi

     Bugun  1-sektor xududidagi Bog‘izag‘on mahallasida fuqarorlar uchun navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi.  Unda tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyev, Xalq qabulxonasi mudiri  Q.Ismoilov, tuman hokimining o‘rinbosari N.Kambaridinova, tuman idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tinglashdi. 
    Qabulda fuqarolardan uy-joy, tibbiy va moddiy yordam, yo‘l, dehqonchilik qilish uchun yer olish, bola uchun nafaqa olish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
   Aksariyat murojaatlar joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni belgilangan tartibda o‘rganib, qisqa muddatlarda hal qilish bo‘yicha tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.
   

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди