Qishlog‘ingiz nega shunday atalishini bilasizmi?

 

   Talli ota – Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi qishloq nomi. 

   Talli ota – “Tallak ota” – arabcha Tall-tepalik, do‘nglik ak-kichraytirish qo‘shimchasi, ya’ni kichik tepalik ma’nosini anglatadi. “Ota” so‘zi otadek buyuk degan ma’noda hurmat yuzasidan qo‘shib aytilgan. Tepalikning, ya’ni unda yotgan avliyoning buyukligi sharofatidan qishloq nomiga “ota” sifati qo‘shib aytilgan.
    Yana boshqa manbada keltirilisha, qishloqdagi tepalik qadimdan ulug‘ ziyoratgoh bo‘lgan. Kishilar bu yerni “Talab ato”, “Talabi maqsud” deya ziyorat qilishgan. 
   Tepalikda ikkita buyuk avliyolarning qabri mavjud. Tarixchilarning yozishicha, bu qabrlar Mavlono Nizomiddin Xomush va uning o‘g‘li Mavlono Amir Husaynga tegishlidir. Bu yerda kim qanday yaxshi niyat bilan kelsa, albatta, ijobat bo‘lgan.
Bugungi kunga kelib turli o‘zgarishlar sababli “Tallak ota” yoki “Talab ato” atamasi “Talli ota” tarzida bizgacha yetib kelgan.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди