Jaholatga qarshi ma’rifat zarur

  Ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Chunki, ma’naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy – siyosiy barqarorlik vujudga keladi.

   Bugun Toyloq tumanidagi madaniyat saroyida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbirida ham aynan shu haqda so‘z yuritildi.  

   Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyati Boshqarmasi boshlig‘i S.Boymurodov, viloyat IIB TQK boshqarmasi ma’sul xodimi F.Mamatqulov, tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyev, tuman prokurori o‘rinbosari J. Rashidov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari, maktab direktorlari, mahalla raislari va mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

   Tadbir avvalida din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tayyorlangan “Soxta da’volar.....” filmi namoyish qilindi. Ta’kidlash kerakki, filmda tasvirlangan soxta targ‘ibotlarga aldanib, hayoti izdan chiqqan kishilarning achchiq taqdiri ishtirokchilarni befarq qoldirmadi.

   Shundan so‘ng so‘zga chiqqanlar XXI asr - globallashuv jarayonida yoshlarimizning radio-televideniye, matbuot, internet kabi vositalar orqali axborot va ma’lumotlar olayotgani, bu jarayonda ba’zi bir aqidaparast oqimlar yoshlarga mafkuraviy ta’sir o‘tkazishga urinayotgani hamda ularning oldini olish borasida nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida so‘z yuritildi.

 

Toyloq tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди