Mol-mulkingiz xavfsizligini ishonchli qo‘llarga topshiring

 

  Bugun biz texnika va texnologiyalar, axborot kommunikatsiya vositalari jadal rivojlanayotgan asrda yashayapmiz. Bu esa insonlar yashash tarzini yengillashtiribgina qolmay, ularga qulaylik tug‘dirmoqda. Xususan, Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limlari ham bu borada o‘z xizmatlari bilan insonlar mol-mulkini himoya qilish  taklifini ilgari surmoqda. Ya’ni ular zamonaviy texnologiyalar yordamida uy-joy va mol-mulk, qolaversa, insonlar xavfsizligini ta’minlashmoqda.
     Ayni kunlarda Milliy gvardiya Toyloq tuman qo‘riqlash bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari ham shu maqsadga qaratilgan. Ular tuman markazidagi tadbirkorlik sub’yektlari, savdo do‘konlar, qolaversa, aholi xonadonlarida bo‘lib, mol-mulk xavfsizligini ta’minlashda qo‘riqlash xizmati turlari va shartlari haqida keng tushunchalar berishmoqda.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди