Bobur merosi — beqiyos ma’naviy xazina

   Toyloq tuman Axborot kutubxona markazida shoh va shoir, buyuk davlat asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi nishonlandi.  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Ichki ishlar bo‘limi,  2-son kasb-hunar maktabi, 8-o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari hamda Axborot-kutubxona markazi  xodimlari ishtirokida tadbirda adib ijodining sarchashmasi hisoblangan asar «Boburnoma»ga alohida to‘xtalib o‘tildi, «Boburnoma»ning ahamiyatli jihati o‘sha davrda adabiyotimizda nasr janrida yaratilgan yirik asarlardan biri sifatida ham muhim o‘rin tutishi, ushbu qomusiy kitob 30 dan ortiq tilga tarjima qilingani, Bobur va boburiylar sulolasiga oid bebaho manbaalar jahonning 70 dan ortiq muzeylarida saqlanayotgani ta’kidlandi.
      Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan g‘azal va ruboiylar hamda asarlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди