“Taraqqiyot strategiyasi”dagi vazifalar ijrosi muhokama etildi

   Bugun Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov ishtirokida ijtimoiy soha kompleksiga kiruvchi tashkilot va muassasalar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda «Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan «2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi ijtimoiy sohaga oid 30 ta maqsadlar ijrosi muhokama etildi. Mutasaddi rahbarlarining o‘rganish natijalari asosida tuzilgan takliflari tinglandi. 
   Xususan, qishloq oilaviy shifokorlik punkitlarining ahvoli, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida yaratilgan sharoitlar, ta’mirtalab maktab binolari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari, qolaversa, sportni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi va vazifalar belgilab olindi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди