Toyloqda Alisher Navoiy tavalludi keng nishonlandi

   

    Alisher Navoiy shak-shubhasiz dunyo adabiyotining eng ulug‘ darg‘alaridan biri. Navoiy asarlarining insoniyat ma’naviy taraqqiyoti va ruhiy poklanishida tutgan o‘rni haqida juda ko‘p ta’kidlanadi. Chindan ham, Alisher Navoiy turkiy adabiyotni misli ko‘rilmagan yangi bosqichga ko‘tardi. 
    Bu buyuk mutafakkir shoir sharofati bilan adabiyot har qachongidan ko‘ra ham inson qalbi, ruhi va tafakkurining jonli ifodasiga aylangani rost.

  Shu bois, hazrat Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Toyloq tumanidagi umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablarida va maktabgacha ta’lim muassasalarda navoiyxonlik kechalari yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. 
    Shundan tadbirlardan birida tuman mutasaddilari ham ishtirok etishdi va o‘z so‘zlarida Navoiy ijodining o‘ziga xos jihatlari, asarlaridagi insoniylik, vatanparvarlik, do‘stlik, mehr-oqibat va ezgulik g‘oyalari tarannumi haqida keng ma’lumotlar berishdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди