1172 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qildi

   Toyloq tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 21 ta tadbirkorlik sub’ektiga dastlabki buxgalteriyani yuritish, 17 tasiga E-aktiv, E-ijara, E-imtiyoz avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi.
   Tuman bo‘yicha joriy yil yanvar holatiga 1 172 nafar jismoniy shaxs o‘zini o‘zi band qilganini qayd etish lozim. Sohalar kesimida bu borada tikish-bichish yetakchilik qildi. Jumladan, ushbu yo‘nalishda 159 kishi o‘zini o‘zi band qilib, faoliyat yuritishni boshladi.
 Telegram messenjeridagi Toyloq soliq maslahatchilari guruhi orqali soliq to‘lovchilarning murojaatlari va savollariga malakali mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan javob qaytarilmoqda. Masalan, yanvar oyida Toyloq soliq maslahatchilari guruhida 27 ga yaqin savollarga atroflicha javob berildi.
 
Shuhrat Sharipov,
Toyloq tuman soliq 
inspeksiyasi boshlig‘i.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди