"Biz giyohvandlikka qarshimiz! "

   Bugun Toyloq tuman 1-son kasb-hunar maktabida Samarqand viloyat kasbiy taьlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan "Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!" shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Tadbir doirasida sportning voleybol turi, insholar tanlovi, chelenjlar, semenarlar, yosh rassomlar ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi.
   Shuningdek, kasb-hunar maktabi faollar zalida Bog‘izog‘on MFY profilaktika inspektori Ravshanov Zafar, O‘zbekiston MFY raisi Saidakbarov Komil hamda profilaktika inspektori O‘zbekov Dostonlar giyohvandlikning salbiy oqibatlari hamda psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanishi haqida tushunchalar berib o‘tdi.
   Tadbir yakunida g‘oliblarga sovg‘a va tashakkurnomalar berildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди