Maktabgacha ta’lim sifati: joriy holat va istiqboldagi vazifalar

   Bugun Toyloq tuman hokimligida tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’lim sifatini oshirish hamda tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish kabi mavzular muhokama etildi. 
    Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar sohada o‘z samaralarini berayotgani, tumandagi nafaqat davlat, balki nodavlat va davlat xususiy sherikchiligi, xususiy va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ham moddiy texnika bazasini mustahkamlashga, yetuk mutaxassis kadrlar bilan ta’minlashga, ta’lim sifatini oshirish va unga yangi innovasion texnologiyalarni olib kirishga qaratilayotgan e’tibor xususida so‘z bordi.
    Ma’lumot o‘rnida,  14046 nafar bolalar tumanda faoliyat yuritayotgan 192 ta MTTga qamrab olingan.  Davlat MTTda jami 575 nafar pedagog kadrlar bo‘lib,  ularning 231 nafari oliy,  48 nafari tugallanmagan oliy,  296 nafari o‘rta maxsus ma’lumotiga ega.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди