Toyloqlik Abdullojon Qodirov "ILM-FAN IFTIXORI" ko‘krak-nishoni sohibi bo‘ldi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» PF-6097-sonli Farmonida belgilangan ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish hamda ilm-fanlar sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida respublikamiz va bir qator xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilari ishtirokida  “XАLQАRO ILMIY FORUM” bo‘lib o‘tdi. Forum natijalariga ko‘ra tadqiqotchi, Toyloq tuman 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abdullojon Qodirov "ILM-FAN IFTIXORI" ko‘krak-nishoni va "Eng yaxshi ilmiy maqola" yo‘nalishida forum sertifikati bilan taqdirlandi.

Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди