MAHALLA FAOLLARINING ISHI OSONLASHDI    

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi 300-sonli qarori bilan mahallalardagi xotin-qizlar faollariga ijtimoiy xizmat yo‘nalishida qo‘shimcha vazifalar yuklatildi va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi negizida mahallalarda davlat ijtimoiy xizmatini yoki yordamini ko‘rsatishda davlat organlari va tashkilotlarining idoralararo elektron hamkorligini amalga oshirishga xizmat qiluvchi “Mahallada ijtimoiy xizmat” avtomatlashtirilgan maxsus elektron moduli ishlab chiqildi.
   2022 yilda “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan Toyloq tumanidagi 50 nafar xotin-qizlar faollari  “Mahallada ijtimoiy xizmat” avtomatlashtirilgan maxsus elektron moduli o‘rnatilgan planshetlar bilan taʼminlandi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди