Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish jarayoniga yangicha, zamonaviy yondashuv

   Toyloq tuman hokimligida o‘tkazilgan matbuot anjumani shunday deb nomlandi. Unda ishtirok etgan tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Sole Haydarov ishtirok etib, OAV vakillariga tumanda kadrlar salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. 
  Toyloq tumani hokimligi boshqaruv apparatida hozirgi kunda 30 ta shtat birligi mavjud bo‘lib, hokim, 6 ta hokim o‘rinbosarlari, 1 ta hokim yordamchisi, 2 ta maslahatchisi, 3 ta guruh rahbarlari va bo‘lim boshliqlari, 8 ta bosh mutaxassislar, 1 ta yuriskonsult, 1 ta bosh hisobchi 1 ta yordamchi hisobchi, 4 ta yetakchi mutaxassis, 2 ta birinchi toifali mutaxassislar mavjud.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-sonli Farmoni hamda shu sanadagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4472-sonli qaroriga asosan tuman hokimining 2021 yil 22 maydagi 351-Q-sonli qarori qabul qilingan.
    Mazkur qarorga asosan tuman hokimligi boshqaruv apparatining vakant lavozimlarga tanlov o‘tkazish tartibi hamda tuman hokimligi boshqaruv apparatining vakant  lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov o‘tkazish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiya tarkibi ishlab chiqilgan.
    Tuman hokimligi boshqaruv apparatiga tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari lavozimlaridan tashqari qolgan barcha lavozimlarga ishga qabul qilish faqat ochiq mustaqil tanlov asosida www.vacancy.argos.uz tizimi orqali amalga oshirilmoqda.
   Hozirgi kungacha ochiq mustaqil tanlov asosida www.vacancy.argos.uz tizimi orqali ochiq tanlovga berilgan lavozimlarga 500 nafardan ortiq nomzodlar hujjat topshirgan bo‘lib, shulardan 15 ta lavozim bo‘yicha xodimlar tanlovda g‘olib deb topilib ishga qabul qilindi.

   Toyloq tumanidan 2020-2023 yillarda oliy ta’lim muassasalarini bitirgan 55 nafar iqtidorli bitiruvchilar viloyat hokimligining istiqbolli kadrlar zaxirasiga olingan bo‘lib ular bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.
    Ushbu 86 nafar iqtidorli yoshlarning hozirda 14 nafari ta’limning magistratura yo‘nalishida 12 nafari xususiy sektorda qolgan 60 nafari davlat tashkilotlarida faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi PQ-31-sonli “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirsh, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mahallalarda hokim yordamchilari lavozimi joriy etildi.
    Tumanda mavjud 50 ta mahallalarga iqtisodiyot sohasidan, mahallabay ishlash markazlari tizimidan, tuman tashkilotlarida turli rahbarlik lavozimlarida hamda xususiy sektorlarda faoliyat yuritgan nomzodlar saralanib ushbu lavozimga tayinlandi.
    Hokim yordamchilari orasidan zaxira kadrlarni shakllantirishda ularning ma’lumotlari, shaxsiy va kasbiy fazilatlari, amaliy tajribasi, bilimi hamda iqtidorlarini inobatga olgan holda tumandagi korxona va tashkilotlardagi rahbarlik lavozimlariga hamda hokim o‘rinbosari lavozimlariga zaxiraga olingan.
   So‘ngi yillarda mamlakatimizda Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida bir qancha amaliy ishlar bajarildi, tumanimizda ham turli sohalarda yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy muammolari bartaraf etilib kelinmoqda. Tumandagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi shtat birligi joriy etildi. Bu borada tumanning 50 ta mahallarida ham mazkur lavozimga ochiq va mustaqil tanlov asosida malaka talablariga mos keladigan nomzodlar ishchi guruh suhbat natijalariga ko‘ra munosib deb topilib saralab olindi.
   Ushbu soha bo‘yicha kelgusida ham qilingan va qilinishi rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berib boramiz.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди