Toyloqda ayrim geografik obyektlar nomi o‘zgartiriladi

O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida” Qonuniga asosan bugungi kunda  Toyloq tumanida 3 ta shaharcha (Davlat reestrida 3 ta), 8 ta qishloq (Davlat reestrida 9 ta), 91 aholi punkti (Davlat reestrida 86 ta), 50 ta mahalla (Davlat reestrida 50 ta), 727 ta ko‘cha (Davlat reestrida 727 ta), 2 ta maydon, 1 ta istirohat bog‘i, 5 ta ziyoratgoh (Davlat reestrida 5 ta), 79 ta qishloq qabristonlari (Davlat reestrida 79 ta) geografik obyektlar  mavjud.
       O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida” Qonunning 10-moddasida “Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlarga) nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning iltimosnomalari asosida tumanlar, shaharlar hokimlari kiritgan taklifga ko‘ra Xalq deputatlari tumanlar, shaharlar Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi” deb keltirib o‘tilgan.
Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining bir nechta qarorlari bilan tumandagi 1 ta mahallaning nomi o‘zgartirildi, 727 ta ko‘chalarga yangi nom, 5 ta ziyorotgoh, 79 ta qabristonlarning nomlari Davlat reyestriga kiritildi. Bugungi kunda tumanda mavjud 2 ta maydon, 1 ta istirohat bog‘i davlat reestiriga kiritilmaganligi va 2 ta ko‘chalarning nomi Davlat reestrida takror kiritilganligi sababli Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha tuman komissiyasining 2022 yil 19 avgustdagi 05-01/145-sonli yig‘ilish bayoniga asosan viloyat va Respublika komissiyasilariga asosli takliflar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2022-yil 27-sentyabrdagi 08-08400-sonli ekspert xulosalariga asosan Toyloq tumanida 2 ta maydon, 1 ta istirohat bog‘i va 2 ta ko‘chalarning nomlari o‘rganilib chiqilib, ijobiy xulosa berildi.
Bugungi sessiya kun tartibida tumandagi 2 ta maydon, 1 ta istirohat bog‘i va 2 ta ko‘chalarning nom berish va qayta nomlash bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilgan.
Yuqoridagi ma’lumotlarga asosan, Respublika ekspertizasi xulosasi bilan tasdiqlangan tumandagi Geografek obektlar nomlarini qayta nomlash masalasini Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori bilan tasdiqlab berishni ko‘rib chiqishlaringizni so‘raymiz.

FAZLIDDIN MIRBABAYEV  Toyloq tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlari samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди